Ob-havo harorati keskin pasaygani sababli, shahrimizning ayrim hududlarida gaz va issiqlik taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda — kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barcha isteʼmolchilar orasida teng taqsimlashga urinishiga qaramay, resurslar yetishmayapti. Iloji boricha ko‘proq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan taʼminlash maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat ko‘rsatadigan shohobchalardan tashqari, qolgan barcha avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtinchalik yopilmoqda. Shahar maʼmuriyati muammolarni bartaraf etish ustida kunu tun 24 soat ishlamoqda, kommunal soha xodimlari esa ishlarini yuqori shaylik rejimida davom ettirmoqda
Qor va sovuq havo tufayli yo‘llarda sirpanchiqlik yuzaga kelmoqda — shahar ma’muriyati yo‘llar, metro va yer osti yo‘laklaridagi zinapoyalarga tuz sepish ishlarini boshladi, shu orqali biz haydovchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlashga intilyapmiz. Iltimos, yo‘llarda ehtiyot bo‘ling.